Rossiyaga gaz eksporti to‘xtadi, Xitoyga uch baravar qisqardi

Jamiyat

Koronavirus pandemiyasi sabab tashqi bozorda yuzaga kelgan beqaror vaziyat O‘zbekistonning tabiiy gaz eksportiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

“O‘zbekiston 24” lavhasida ta’kidlanishicha, yig‘ilishda O‘zbekistonning Xitoyga tabiiy gaz eksporti 3 baravar kamaygani, Rossiyaga esa umuman sotmay qo‘yilgani ta’kidlandi.

“Pandemiya vaqtida tabiiy gaz eksporti keskin qisqarganini hisobga olib, yangi-yangi loyihalarni amalga oshirishimiz kerak. Xomashyo resurslarimizni chuqur qayta ishlashda juda katta kamchilikka yo‘l qo‘yyapmiz”, dedi Prezident.

Shuningdek, katta loyihalar bilan bir qatorda import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan kichik loyihalarni ham amaoga oshirish zarurligi ko‘shimcha qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev videoaloqa orqali neft-gaz kimyosi, elektr texnikasi va farmatsevtika sanoatidagi yangi loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek, Prezident tarmoqlarni rivojlantirish ishlari bo‘yicha hisobotlarni eshitdi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz eksport

Baholaganlar

435

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing