Yangi universitet tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Qo‘qon universiteti tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanib, o‘qitish o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bakalavriat va magistraturaga qabul parametrlari, shuningdek, qabul qilish tartibi va qoidalari Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitetda ta’lim 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.

Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qo'qon universiteti

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing