Koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar yana ko‘paydi

Jamiyat

image

Avvalroq, Andijon viloyatida koronavirusga chalingan ikki bemor to‘liq tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatilgani haqida xabar bergan edik. Bu xabar ortidan Buxorodan ham xushxabar keldi.

Bugun, 20 aprel kuni Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan yana 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Shifo topganlarning barchasi joriy yil 25 mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga joylashtirilgan. Ulardan 10 nafari erkak, 1 nafari ayol. Bemorlarning 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan, Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 57 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 68  nafarga yetdi. 

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 238 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing