Bosh prokuratura: prokuror yordamchisi bir odamning o‘limiga sabab bo‘ldi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Marhamat tuman prokurori katta yordamchisi sodir etgan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 25 aprel kuni soat 23:00 larda Marhamat tuman prokurorining katta yordamchisi B.P. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasini “Marhamat-Asaka” transport qatnov yo‘lining Marhamat tumani, “Gar-gar” mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida “Asaka” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida, qatnov yo‘lining o‘rta qismida harakatlanib borayotgan piyoda B.B.ni avtomashinasining old qismi bilan urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, fuqaro B.B. olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘sha kunning o‘zida viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov jarayonida sud-tibbiyot, sud-trassologik va sud-avtotexnika ekspertizalari tayinlangan. Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhum B.B. hodisa sodir bo‘lishidan avval ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilganligi aniqlangan. Mazkur holat marhumning yaqin qarindoshlari, hodisa sodir bo‘lishidan biroz avval ko‘rishgan do‘stlarining ko‘rsatmalari bilan ham tasdiqlangan. Shuningdek, tergov yo‘li bilan piyodaning qatnov yo‘lining o‘tish mumkin bo‘lmagan qismida avtomashinalar harakati yo‘nalishiga qarama-qarshi trayektoriyada harakatlanib kelganligi aniqlangan.

Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan alohida nazorat o‘rnatildi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Bosh prokuratura Marhamat tumani

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing