Rossiyaning aviabazasiga hujum uyushtirildi

Olam

image

Jangarilar Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga hujum qilishga urindi. Bu haqda Suriyada urushuvchi tomonlarni yarashtirish bo‘yicha markaz rahbari general-mayor Aleksey Bakin ma’lum qildi.

Kecha, 12 iyul kuni havo hujumiga qarshi mudofaa qurilmalari aviabaza yaqinida uchta dronni yo‘q qilgan. Voqeada hech kim jabrlanmagan, aviabaza shtat rejimida ishlayapti.

Ma’lumot uchun, 26 iyunda Xmeymim aviabazasiga hujum qilishga urinish bo‘lgandi. O‘shanda jangarilarning hujumini to‘xtatib, ikkita dronni yo‘q qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Suriya Xmeymim

Baholaganlar

174

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing