Eronga nisbatan sanksiyalar kengaytirildi – nishonga BAAdagi kompaniyalar tushdi

Olam

image

Bugun, 19 mart kuni AQSH hukumati Eronning BAAdagi beshta kompaniyasiga sanksiya kiritdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligi ma’lum qilmoqda.

Cheklovlar Alam Althrwa General Trading L.L.C, Alphabet International Dmcc, Alwaneo L.L.C. CO., Petro Grand FZE va Swissol Trade DMCC kompaniyalari uchun joriy etilgan. Vashingtonning ma’lum qilishicha, ularning barchasi “Eron hukumati rejimiga neft va neft-kimyo mahsulotlarining oldi-sotdisi bilan yordam bermoqda”.

“2019 yilda ushbu beshta kompaniya o‘zaro hamkorlikda Eronning milliy neft kompaniyasidan yuz ming tonnalab neft mahsulotlari sotib oldi. Neft va neft-kimyo sanoati Eron rejimining asosiy daromad manbaidir. Undan tushayotgan mablag‘lar Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining yovuz faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi. Bunga Yaqin Sharqdagi terrorchi guruhlarni mablag‘ bilan ta’minlash ham kiradi”, deyiladi Moliya vazirligi bayonotida. 

Vazirlik, shuningdek, “ushbu kompaniyalarning kamida uchtasi mahsulotlarni Erondan chiqishini ta’minlash va uni yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgan”, deya ta’kidladi.

AQSH qora ro‘yxatiga tushish jismoniy va yuridik shaxslarning Qo‘shma Shtatlardagi aktivlarini muzlatish va Amerika fuqarolari yoki kompaniyalarining ular bilan biznes munosabat qilishlariga taqiq qo‘yilishini anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron BAA

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing