Navoiyda ikkinchi o‘lim: 52 yashar erkak vafot etdi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatida koronavirus bilan bog‘liq ikkinchi o‘lim holati qayd etildi. Shu bilan O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 44 nafarga yetdi. 

Navoiy shahrida yashovchi 52 yoshli B.A. (erkak) joriy yil 30 iyun kuni tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga COVID-19 infeksiyasiga gumon bilan olib kelingan.

Unga COVID-19, ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligining 3-4-darajasi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi asoratlari bilan kechgan.

Bemor bundan avval gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya, semizlikning 4-darajasi tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi oqibatida vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy

Baholaganlar

200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made