Samarqandda katta miqdordagi giyohvandlik moddasi savdosiga chek qo‘yildi

Jamiyat

image

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining ichki ishlar idoralari xodimlari bilan Samarqandda o‘tkazgan tadbirlari davomida katta miqdordagi giyohvandlik moddasi savdosiga chek qo‘yildi.

Dastlab, Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro xonadonidan katta miqdorda giyohvandlik moddasi topildi.

Ma’lum bo‘lishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Urgut tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan B.A.ning xonadoni yerto‘lasidan sotish maqsadida yashirib qo‘yilgan 4 kg. 635 gr. “opiy” moddasi topildi.

Aniqlanishicha, ushbu og‘u B.A.ning ukasi 1997 yilda tug‘ilgan H.Sh.ning Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Panjikent tumanida yashovchi tanishi “Rajab” ismli shaxs tomonidan Toshkent viloyati Bekobod tumaniga kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilib, tegishli joyga yashirib ketilgan. O‘z navbatida B.A. mazkur giyohvandlik vositasini Urgut tumanidagi yashash manziliga olib kelgan. Ushbu ishga aloqador bo‘lgan B.A.ning ukasi H.Sh. ham hibsga olindi.

Bundan tashqari, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining ichki ishlar idoralari xodimlari bilan Samarqand shahrida o‘tkazgan boshqa bir tezkor tadbiri davomida Tojikiston Respublikasi fuqarolari U.I. hamda D.Q. 1 kg 855 gr “opiy” giyohvandlik vositasini O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan olib kirib, 20 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, Tojikistonning So‘g‘d viloyati Panjikent tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan U.I. va 1983 yilda tug‘ilgan D.Q. ushbu “opiy” moddasini “VAZ-2110” rusumli avtomashinaning yoqilg‘i bakiga maxsus joylashtirib, yashirincha olib o‘tishgan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Giyohvandlik moddasi

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing