Chiqindi poligonlarini qurishga ajratilgan mablag‘lar talon-taroj qilingan 

Jamiyat

image

23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasining majlisi o‘tkazildi. 

Qalampir.uz muxbiri xabar berishicha, yig‘ilishda chiqindi poligonlarini qurishga ajratilgan mablag‘lar talon-taroj qilingani  ma’lum qilingan. Bu haqda yig‘ilishda so‘zga chiqqan Senat a’zosi Turg‘un Iskandarov o‘z nutqida aytib o‘tgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2014–2018 yillarda sohaga jami 541 milliard 600 million so‘m davlat byudjet mablag‘lari sarflangan bo‘lib, shundan 129 milliard 300 million so‘m, ya’ni 24 foizi yangi poligonlarni qurish, mavjudlarini tartibga solish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash ishlariga ajratilgan.

Biroq, “Toza hudud” DUKning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Xorazm, Andijon, Toshkent va Samarqand viloyatlari filiallarida byudjet hamda boshqa mablag‘larni maqsadsiz sarflash holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Misol uchun, Samarqand viloyati Jomboy, Bulung‘ur va Oqdaryo tumanlari hududida joylashga poligonlarga kirish yo‘llarini qurish uchun ajratilgan 135 million 6 00 ming so‘m miqdordagi mablag‘ talon-toroj qilingan.

Qolaversa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham chiqindi yig‘ish poligonlari qurilishida 8 holatda jami 466 million so‘m mablag‘ ushbu maqsadga yo‘naltirilmagan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made