Aeroport hududida noqonuniy ishlayotgan taksichilar faoliyatiga chek qo‘yilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahar IIBB Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda noqonuniy ravishda o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan xususiy taksistlar masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida I. Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan xususiy taksistlardan noroziliklar e’lon qilingan edi. Taksichilarning yopishqoqliklaridan ham ko‘ra, odamlar asossiz tarzda ko‘tarilgan narxlardan norozi edilar.

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining va jurnalistlarning xabarlarini inobatga olib, vaziyatni nazoratga oldi. Soliq idorasi va O‘zbekiston avtomobil transport agentligi vakillari bilan birga avtotransport vositalari uchun ajratilgan hududda muntazam ravishda litsenziyasiz ishlaydigan taksichilarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, aprel oyi va may oyining 20 kunida 43 nafar noqonuniy taksichi aniqlandi, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-3-moddasiga muvofiq (“Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish”) choralar ko‘rildi.

“Ayni paytda Xalqaro aeroport yaqinida litsenziyasiz o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan taksichilarni ko‘rinmay qolgan.

Ammo shuni tan olish kerakki, ular butunlay yo‘qolmagan. Bugun noqonuniy taksichilar quyidagi uslubni tanlashgan: ular mashinalarini aeroport hududidagi avtoturargohda emas, uzoqroqda qoldirishadi. Aeroportdan chiqish tomonga esa mijoz chaqiradigan odamlarni jo‘natishadi.

Toshkent shahar IIBB bu kabi vaziyatga to‘qnash kelgan barchani noqonuniy taksichilar va ularning yordamchilari haqida Xalqaro aeroport yaqinidagi hududda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlariga xabar berishini yoki 102, 71-232-30-40 va 71-232-40-50 raqamlari orqali xabar berishlarini so‘raydi. Litsenziyasiz ishlayotgan taksichilarni va ularga yordam berayotganlarni suratga tushiring, ishonchingiz komil bo‘lsin: choralar ko‘riladi”, deyiladi IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing