Firib bojxonada ish bermadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralaridan turli noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tilishiga qarshi kurashish o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydigan masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ko‘ra-bila turib,qonunni buzish hollari afsuski, uchrab turibdi. 

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro O.A. bojxona nazoratidan o‘tkazilganda fuqaroning egnidagi kiyimi cho‘ntaklariga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 40 ming AQSH dollari yashirilgani aniqlandi.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ham shunga o‘xshash holat aniqlandi. Ushbu post orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan U.N. va I.X. ismli shaxslar ham bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, ular qariyb 20 ming AQSH dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyutalarni kiyimlariga yashirib, O‘zbekistondan noqonuniy ravishda olib chiqmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

bojxona AQSh dollari

Baholaganlar

26

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing