Namanganda yana 16 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Namangan viloyatida 16 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Ular orasida 3 yoshli qizaloq ham bor. Bu haqda bugun, 11 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Namangan viloyatida 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning barchasi Namangan viloyatidan (8 nafari Namangan shahridan, 6 nafari Uychi tumanidan, Norin va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 13 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq.

Ma’lumot uchun, Viloyatda shu paytga qadar 179 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 195 nafarga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1897 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda koronavirus aniqlanganlar soni 2435 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing