AQSH tarixida ilk bor favqulodda holat e’lon qilindi

Olam

image

AQSH federal hukumati yangi koronavirus tarqalishi munosabati bilan mamlakat tarixida birinchi marta AQSHning barcha shtatlarida va Kolumbiya poytaxtida favqulodda holat to‘g‘risidagi deklaratsiyani tasdiqlashga qaror qildi. Bu haqda 11 aprel kuni CNN xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu rejim joriy etilgan oxirgi shtat Vayomin shtatidir. AQSH Prezidenti Donald Tramp ushbu hujjatni 11 aprel kuni ma’qullagan. Favqulodda vaziyat to‘g‘risidagi deklaratsiya shtat hokimiyatlariga infeksiyaning tarqalishiga qarshi kurashish uchun federal hukumat mablag‘larini olishga imkon beradi. 

Nashrning ta’kidlashicha, ushbu rejim ayni paytda AQSHning bir qator chet el hududlarida ham amal qilmoqda. Ular orasida AQSHning Virjiniya orollari, Iimoliy Marian orollari hamdo‘stligi, Guam va Puyerto-Riko ham bor. 

Federal va mahalliy hokimiyat ma’lumotlari asosida hisob-kitoblarni amalga oshiradigan Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda 529 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.  20,6 mingdan ortiq odam vafot etdi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh koronavirus

Baholaganlar

796

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing