Bitiruvchilarga shahodatnoma qachon berilishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini bitirganliklari to‘g‘risidagi shahodatnoma hududda epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan keyin o‘quvchilarga topshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining buyrug‘ida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra:

  •  5-iyunga qadar bitiruvchilarga attestat (shahodatnoma va sertifikat) blankalariga qo‘yiladigan yakuniy baholar attestat.uzedu.uz elektron tizimiga kiritiladi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi;
  • 15-iyunga qadar chop etilgan attestat (shahodatnoma)lar elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkaziladi;
  • tayyorlangan attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar hududda epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan keyin o‘quvchilarga topshiriladi.
  • attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallar epidemiologik vaziyat yaxshilanib, o‘quvchilarga topshirilgunga qadar barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasasida saqlab turiladi.

Avvalroq, O‘zbekistondagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yakuniy imtihonlar bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.

 

Maqola muallifi

Teglar

maktab shahodatnoma

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing