Solovyovning ko‘rsatuvi janjalga ulanib ketdi

Olam

image

Ukrainalik siyosatshunoslar Vasil Vakarov va Aleksandr Semchenko "Oqshom Vladimir Solovyov bilan" dasturining studiyasida janjal qildi. Bu haqda ko‘rsatuv muallifi o‘zining Twitter`dagi sahifasida ma’lum qildi.

Videoyozuvlar reklama vaqtida mehmonlar boshlangan mojaroning qanday davom ettirganini ko‘rsatmoqda. Siyosatshunoslar hujumga uchraganini ko‘rib, Solovyov va dasturning boshqa ishtirokchilari ularni ajratishga shoshildi.

Shundan so‘ng, teleboshlovchi mehmonlarga bunday xatti-harakatlar qabul qilinishi mumkin emasligini tushuntirishga harakat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Aleksandr Semchenkoning telekanal efirida janjal ko‘tarishi birinchi marotaba emas.

Joriy oktyabr oyi boshida siyosatshunos "Rossiya 1" kanalidagi "60 daqiqa" dasturining studiyasida "Ukraina Yevropa harakati" tashkiloti boshqaruv raisi Vadim Tryuxan bilan janjallashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vasil' Vakarov Aleksandr Semchenko "Oqshom Vladimir Solov'yov bilan"

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar