Toshkentda joylashgan bozorlardan birida yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Parkent dehqon bozori” MCHJ hududida joylashgan do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 8 mart kuni soat 00:25 da tumanning Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan “Parkent dehqon bozori” MCHJ hududidagi bozorning old qatoridagi savdo do‘konlarida yong‘in chiqdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ofatni bartaraf etishga 11 ta asosiy yong‘in o‘chirish avtomobili va 10 dan ortiq yordamchi texnika jalb qilingan. Soat 02:25 da yong‘inni tarqalishi oldi olindi va soat 03:50 da batamom o‘chirildi. 

Ta’kidlanishicha, yong‘indan 3000 kv.m. maydon saqlab qolingan.

“Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing