WhatsApp eski smartfonlarda ishlashni to‘xtatdi
Texnologiya
−
01 fevral 2020
4469WhatsApp ma’muriyati 1 fevraldan boshlab Android 2.3.7, iOS 8 va undan oldingi qurilmalarda messenjerni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Bu haqda WhatsApp veb-saytida xabar berildi.
Gingerbread deb nomlanuvchi Android 2.3.7 operatsion tizimi 2010 yilda chiqarilgan. U Samsung Galaxy S2 va HTS Desire HD kabi smartfonlar uchun ishlatilgan. Shuningdek, WhatsApp iPhone 4 smartfonlarida ishlashni to‘xtatadi.
Ma’lumot o‘rnida, WhatsApp messenjeri 2009 yil yanvar oyida ommaga taqdim etilgan. Hozirda bu messnjerdan 1 milliardan ortiq odam kuniga 70 milliardga yaqin xabar jo‘natadi.
2014 yil 19 fevral kuni WhatsApp'ni Facebook 19 milliard dollarga sotib olgan.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi