Ijodiy imtihonlar natijasi e’lon qilindi

Jamiyat

image

2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari tegishli oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Respublika oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga abituriyent sifatida hujjat topshirib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar o‘zlarining talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganligi to‘g‘risidagi natijalar bilan tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-sayti orqali tanishishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020-2021 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan imtihonlar natijasi joriy yilning 25 sentyabr kuni e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

131

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing