Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 8 milliondan oshdi

Olam

image

Dunyoda koronavirusga chalingan bemorlar soni 8 milliondan oshib ketdi. Worldometers statistika portali ma’lumotlari shunday ko‘rsatmoqda.

Unga ko‘ra, bugun, 16 iyun holatiga dunyoda koronavirus bilan kasallanish holatlari 8 118 908 taga yetdi. COVID-19 dan vafot etganlar esa 430 mingdan, undan sog‘ayganlar 4 milliondan oshdi. 

Hozirda 3 448 056 kishida koronavirus faol holatda. Ularning 3 393 488 (98 foiz) nafarining ahvoli yaxshi, 54 568 (2 foizi) nafari esa og‘ir ahvolda.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinda boryapti va boshqa biror davlatning bu borada unga yetib olishi amrimahol. Amerikada 2 182 950 kishida koronavirus aniqlangan. Uning ortidan Braziliya (891 556), Rossiya (537 210), Hindiston (343 091), Buyuk Britaniya (296 857), Ispaniya (291 189), Italiya (237 290), Peru (232 992), Eron (189 876) va Germaniya (188 044) boryapti.

Bugungacha ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarning 439 204 nafari vafot etgan. Qurbonlar soni bo‘yicha AQSH (118 283 nafar qurbon), Braziliya (44 118), Buyuk Britaniya (41 736), Italiya (34 371), Fransiya (29 436), Ispaniya (27 136), Meksika (17 580), Hindiston (9 915), Belgiya (9 661) va Eron (8 950) yetakchilik qilyapti.

Jami bemorlarning 4 231 648 nafari sog‘aygan. Bemorlarning sog‘ayishi bo‘yicha yetakchi davlatlar qatoriga AQSH (889 866 nafar bemor sog‘aygan), Braziliya (464 774), Rossiya (284 539), Hindiston (180 320), Italiya (177 010), Germaniya (172 600), Turkiya (152 364), Eron (150 590), Chili (148 792) va Peru (119 409) kirgan.

AQSHning Jons Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirganlar 8 034 461 nafarni tashkil qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus pandemiya

Baholaganlar

71

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing