Albaniyada vazir nutq so‘zlashga chiqqanida yig‘lab yubordi

Olam

image

Albaniyada kecha, 27 noyabr kuni 6,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Eng kuchli yer silkinishlari Tirana va Durres shaharlarida sezilgan. U yerda bir qancha binolar qulab tushib, ularning ostida haligacha odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 32 kishi halok bo‘lgan, 658 kishi jarohat olgan, 47 kishi vayronalar ostidan chiqarib olingan.

Albaniya Bosh vaziri Edi Rama Alban bayrog‘i kuni sharafiga rejalashtirilgan tantanani qoldirib, milliy motam kunini e’lon qildi hamda Tirana va Durresda favqulodda vaziyatlar tartibini joriy etdi.

“Bu mening eng og‘ir nutqim. Biz 26 noyabrda zilzila oqibatida vayron bo‘lgan binolarni qaytadan qurishimiz mumkin, lekin halok bo‘lgan fuqarolarning hayotini qaytarib berolmaymiz”, deydi mamlakat Mudofaa vaziri.

Jachka halok bo‘lganlarning ism-sharifini o‘qiy boshladi, biroq ro‘yxatning o‘rtasiga kelganda o‘zini tutib turolmay, yig‘lab yubordi, keyin esa ko‘zlaridagi to‘la yosh bilan o‘qishni davom ettirdi. Qurbonlar orasida – 4 va 8 yoshli bolalar, 77 va 79 yoshli keksalar, turli yoshdagi erkak va ayollar bor.

Yana 25 kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda. Ularni vayronalar ostida qidiruv ishlari davom etmoqda. Qutqaruv operatsiyalarida bir qancha davlatlardan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Iyulda Albaniya Prezidenti Ilir Myeta rasmiy maktub orqali grek seysmologi Akis Selentisning ma’lumotlariga tayanib Bosh vazir Edi Rama, uning o‘rinbosari Erion Bracha va Mudofaa vaziri Jachkani “Bolqonda apokalipsik zilzilaga” tayyorlanishga chaqirgandi. Jachka bunga javoban, alban seysmologlariga ko‘ra, halokatli zilzila ehtimoli yo‘q va uning idorasi tabiiy ofatlarga “30 yil oldingidan ko‘ra” yaxshiroq hozirlik ko‘rganini yozgan.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Albaniya er silkinishlari

Baholaganlar

68

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar