Samarqandda EPICA kanalga tushib ketdi. Haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 9 oktyabr kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida EPICA avtomobili kanalga tushib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Voqea soat 09:30 da Narpay tumanida sodir bo‘lgan. Oqtosh shahrida yashovchi E. boshqaruvida bo‘lgan EPICA avtotransport vositasi Narpay tumani A.Navoiy MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda, harakatlanib kelib, boshqaruvini yo‘qotishi natijasida ushbu yo‘lning chap tomonidan oqib o‘tuvchi “Qozoqariq” kanaliga tushib ketib, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.  

YTH natijasida haydovchi turli tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Tekshiruvlar natijasida fuqaroning Epilepsiya kasalligi borligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

EPICA

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar