Ikki Nexia'ning to‘qnashib ketishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatida ikki Nexia avtomobilining to‘qnashib ketishi natijasida ikki kishi vafot etdi. Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasi ma’lum qilmoqda.

Xabarda keltirilishicha, joriy yilning 8 iyul kuni soat 14:05 larda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashagan 1994 yilda tug‘ilgan Sh.Q. Nexia rusumli avtomashinasini “Yettitom-Qarshi” yo‘lida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan “Annaro‘z” qishlog‘ida yashovchi, 34 yoshli Sh.L. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Hodisa natijada, Nexia avtomashinasi haydovchisi Sh.Q. jarohat olib voqea joyida va Sh.L. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi yo‘lovchisi 48 yoshli M.B. kasalxonada vafot etgan. Shuningdek, haydovchi Sh.L. va uning yana bir yo‘lovchisi 25 yoshli O.B. ismli ayol jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

28

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing