O‘zbekiston elchilari bitiruvchilarni taqdirladi

Jamiyat

image

2019-yilning 15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan eng yaxshi diplom ishlari tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra O‘zbekistonning Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sherzod Asadov, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Botirjon Asadov va O‘zbekistonning Fransiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sardor Rustambayev JIDU “Xalqaro munosabatlar” fakultetining 2019-yilgi bitiruvchilari Ulug‘bek Abdusalomov, Yekaterina Kurtova va Mohira Zayniddinovani sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Tanlov Tashqi ishlar vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan e’lon qilinib, O‘zbekistonning Avstriya, Fransiya va Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida o‘tkazildi.

Bo‘limga universitet studentlarining ko‘plab bitiruv ishlari kelib tushdi va ular tashqi siyosat idorasi tizimida katta ish malakasiga ega diplomatlar tomonidan o‘rganib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing