Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri lavozimida ish boshladi

Madaniyat-san’at

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri lavozimiga tayinlandi. 

Bugun, 27 yanvar kuni yangi vazir Nazarbekov Madaniyat vazirligi jamoasiga tanishtirildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev ishtirok etgan.

Yig‘ilishda senator Minxojiddin Mirzo,  “O‘zbekkino” MA direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyeva yangi vazirni qutlab, so‘z olganlar. 

Vazir Ozodbek Nazarbekov barchaga minnatdorchilik bildirgan holda, ustozi Baxtiyor Sayfullayevni yana bir karra qutlab, uning tajribasi va maslahatlariga tayanishini bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida, Ozodbek Nazarbekov 1974 yilning 7 may kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhriddin Xoliqovning qo‘lida tahsil olgan. 1994 yildan ijodiy faoliyatini boshlagan. 

U 2007 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2010 yilda O‘zbekiston xalq artisti, 2012 yilda Qoraqalpog‘iston xalq artisti, 2014 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. 

2017 yildan to bugungacha Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozodbek Nazarbekov

Baholaganlar

552

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing