Nazarboyevning nabirasi o‘z joniga qasd qilishga urindi

Olam

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysulton Nazarboyev Londonda o‘z joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda xalqaro OAV bong urmoqda.

Sobiq Prezidentning 28 yoshli nabirasi mehmonxona derazasidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lganida politsiya xodimi Ross Samburk uni to‘xtatishga uringan. O‘sha vaqt kichik Nazarboyev uning qo‘lini tishlab olgani aytilmoqda. 

U Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva va marhum ishbilarmon Rohat Aliyevning o‘g‘li. 2007 yilda Nazarboyevning kuyovi Rohat Aliyevga nisbatan odam og‘irlash moddasi bilan jinoiy ish ochilgan. Aliyev o‘ziga nisbatan jinoiy ta’qibga siyosiy masalalar sabab bo‘lganini aytgan. Unga nisbatan ayblovlar qaynonasini tanqid qilganidan keyin boshlangan. Darig‘a Nazarboyeva turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi. Aliyev esa mamlakatdan chiqib ketdi. U 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U Avstriyada hibsga olingan, biroq Qozog‘istonga ekstraditsiya qilinmagan. 2015 yilda u qamoqxona kamerasida osilgan holatda topilgan. 

Oysulton Nazarboyev Britaniyaning qirollik harbiy akademiyasini bitirgan va Qozog‘istonning harbiy razvedkasida faoliyat olib borgan. U bolaligidan futbol ishqibozi bo‘lgan va bir vaqtlar Qozog‘iston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ham ishlagan. 2017 yilda u bobosi Muxtor Aliyev vafoti va otasining o‘z joniga qasd qilganidan keyin giyohvand moddalar iste’mol qilayotganini tan olgan.

2013 yilda Oysulton Nazarboyev “QozRosGaz” rahbari Qayrat Boronboyevning qiziga uylangan. Ularning bir nafar qiz farzandi bor. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev

Baholaganlar

296

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing