Bandixon tumaniga hokim va sektorlar rahbarlari tayinlandi

Jamiyat

image
Samarqand shahri kengaytiriladi va Surxondaryoda yangi tuman tashkil etiladi north_east

Samarqand shahri kengaytiriladi va Surxondaryoda yangi tuman tashkil etiladi

Surxondaryo viloyatida qaytadan tashkil etilgan Bandixon tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkil masala ko‘rildi. Qiziriq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan O‘tkir Abduzoirovich Choriyev Bandixon tumani hokim etib tasdiqlandi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘tkir Choriyev 1977 yilning 30 martida  Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Anvar Eshmurodovich Xudoyorov Bandixon tumani prokurori etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Anvar Eshmurodovich Xudoyorov 1985 yilning 1 yanvarida Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Termiz davlat universiteti, 2010 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – pedagog, huquqshunos.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan, Akmal Baratovich Berdinazarov Bandixon tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Akmal Berdinazarov 1983 yilning 26 avgustida Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – transport vositalaridan foydalanish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘iga asosan, Abdualim Muhammadiyevich Eshboyev Bandixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, AbdualimEshboyev 1981 yilning 7 iyunida Denov tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda Termiz davlat universiteti, 2010 yilda Soliq akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – amaliy matematika va informatika, soliqlar va soliqqa tortish. Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.

Shuningdek, Muzrabot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Komiljon Panjiyevich Salimov Bandixon tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

“Surxondaryo elektr tarmoqlari korxonasi” AJ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hasan Vohidov Bandixon tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Bandixon

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing