Gonkongdagi namoyishlar dunyoga yoyildi

Olam

image

Gonkongda boshlangan demokratiya uchun noroziliklar butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketdi. Kecha, 18 avgust kuni mitinglar Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH, Kanada va Avstraliyada bo‘lib o‘tdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Vankuver, Toronto va Londonda namoyishchilar Xitoy hukumatini qo‘llovchi mitinglarg duch keldi. 18 avgust, yakshanba kuni yuzlab odamlar Sidneyning Belmor parkida norozilik namoyishini o‘tkazishdi.

Ba’zilar Xitoy davlati tomonidan Gonkongni qo‘llab-quvvatlayotganlarning ta’qibga olinishi mumkinligidan qo‘rqib, yuziga niqob taqib oldi.

Kecha Xitoy markaziy hukumatining tobora jiddiy ogohlantirishlariga qaramay, Gonkongda yuz minglab odamlar demokratiya uchun namoyishlarda ishtirok etdi. Yig‘ilgan namoyishchilar soni 1 million 700 ming kishiga yetgani aytilmoqda. 

Qariyb ikki oydan beri davom etayotgan norozilik harakatlarining sababi nimada? Bunga Gonkongdan Xitoy materikiga ekstraditsiya qilishni ta’minlovchi qonun loyihasi sabab bo‘ldi. 

Tanqidchilar bu taklif hududning sud mustaqilligiga putur etkazishi va Xitoy hukumatiga qarshi chiqayotganlarni nishonga olish uchun ishlatilishi mumkinligini ta’kidlaydilar.

Fevral oyida hukumat tomonidan e’lon qilingan qonun loyihasining qabul qilinishi iyun oyida bo‘lib o‘tgan ommaviy mitinglardan keyin to‘xtatildi. Namoyishchilar uning butunlay bekor qilinishini istashmoqda.

Namoyishchilarning hozirgi talablari:

•    Ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasini to‘liq bekor qilish;

•    12 iyun norozilik namoyishlari haqida ishlatilgan “g‘alayon” tavsifining olinishi

•    hibsga olingan barcha namoyishchilarga nisbatan amnistiya e’lon qilish.

•    Politsiyaning shafqatsizligi bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazish;

•    Gonkong rahbari (shahar rahbari) va Qonunchilik kengashi saylovlarida umumiy saylov huquqini berish.

Ba’zilar, shuningdek, amaldagi ijrochi direktor Kerri Lamning iste’fosini istashadi, chunki uni rasmiy Pekinning qo‘g‘irchog‘i deb hisoblashadi.


Maqola muallifi

Teglar

namoyish ekstraditsiya Gonkong

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing