99 yoshli Ikkinchi jahon urushi faxriysi koronavirusni ham yengib o‘tdi

Olam

image

Ikkinchi jahon urushi faxriysi braziliyalik Ernando Armelindo Piveta 99 yoshida koronavirusdan tuzalishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Piveta mamlakatning koronavirus aniqlangan eng keksa fuqarosi hisoblanadi.

"Dastlab, veteran uyda davolandi. Ammo 6 aprel kuni doimiy yo‘tal tufayli shifoxonaga yotqizildi. Muolajalardan so‘ng kecha, 14 aprel kuni Piveta tibbiy muassasadan chiqarildi", deydi shifokorlardan biri.

Yaqin kelajakda veteran koronavirus tekshiruvidan qayta o‘tishi kerak. Biroq, shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, u to‘liq sog‘aygan. Ularning ta’kidlashicha, bemor jiddiy alomatlar tufayli reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan edi. Lekin uning ahvoli og‘irlashmagan va unga sun’iy nafas berish qurilmasi kerak bo‘lmagan. Bemorda kasallik o‘rtacha o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Ernando Armelindo Piveta – Braziliya ekspeditsion kuchlarining sobiq xodimi. Ikkinchi Jahon urushi paytida O‘rtayer dengizidagi janglarida qatnashgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirus bilan bog‘liq 25 684 holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 14 026 nafari sog‘aygan, 1 552 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 10 106 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ikkinchi jahon urushi Koronavirus Braziliyada

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing