Rossiyada 4 kishi o‘zbekistonlikni o‘g‘irlab ketdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab, kaltaklanib, tunab ketildi. Bu haqda “Nevskiye novosti” xabar berdi.

Frunze tumani politsiyasiga O‘zbekiston fuqarosi murojaat qilib, uning 1985 yilda tug‘ilgan vatandoshini o‘g‘irlab ketib, kaltaklashganini ma’lum qilgan.

Shikoyatchining so‘zlariga ko‘ra, noma’lum 4 kishi jabrlanuvchini VAZ – 211150 rusumli avtomobilda, o‘rmonga olib borib, kaltaklashgan. Keyin, pichoq va to‘pponcha bilan tahdid qilib, 36 ming rublni bank kartasiga o‘tkazishga majburlashgan.

Bezorilar o‘z maqsadiga yetgach, o‘zbekistonlikni “Lomonosov” metro bekati oldida qoldirishgan. Huquq-tartibot organi xodimlari mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazyapti. Jinoyat ishi ochish masalasi ko‘rib chiqilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg o'zbekistonlik

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing