Xotin-qizlar qo‘mitasi Piterda o‘zbekistonlik migrant ayollarning sharoitini o‘rgandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora Marufova boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik savdo va biznes markazlaridan birining qurilishida ishtirok etayotgan 300 nafar o‘zbekistonlik migrantlar bilan uchrashdilar. 

“Ularning kundalik hayotlarida uchrayotgan katta-kichik muammolar o‘rganilib, yechimini kutayotgan masalalarga soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha javob qaytarildi. Shuningdek, yig‘ilganlarga bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘lamli o‘zgarishlar, mazkur jarayonda yoshlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi”, deyiladi Xotin-qizlar qo‘mitasi Matbuot xizmati tarqatgan xabarda. 

Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari ikki yarim ming nafardan ziyod ishchilar mehnat qilayotgan tarmoq tikuvchilik korxonasida bir guruh o‘zbek ayollari bilan uchrashib, suhbatlashgani aytilmoqda. 

Uchrashuvda fabrikada yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy himoya, hatto ishchilarning farzandlari tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonlar muhokama qilingan. 

Shuningdek, Sankt-Peterburg administratsiyasining millatlararo munosabatlar hamda migratsiya siyosatini yuritish qo‘mitasi vakillari bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik migrantlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning huquqiy himoyasini yanada mustahkamlash borasida aniq vazifalar belgilab olingan. Kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan maqsadli rejalarning “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20 avgust kuni “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Xotin-qizlar qo'mitasi

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing