Yana Prezidentlikkacha bir qadam... Putin Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Olam

image
Koronavirus fonida dunyo iqtisodi jarlikka qarab ketmoqda north_east

Koronavirus fonida dunyo iqtisodi jarlikka qarab ketmoqda

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Endilikda hujjat Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi va butun Rossiya ovoziga qo‘yiladi. Barcha jarayonlardan keyin qonun qabul qilinadi. 

“Davlat hokimiyati organlarini tashkil etish va faoliyatining ayrim masalalarini tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qonun bugun, 14 mart kuni huquqiy axborot portalida e’lon qilindi. 

Hujjat konstitutsiyaviy darajada bir qator ijtimoiy kafolatlarni belgilab beradi. Parlament vakolatlarini kengaytiradi, yuqori lavozimli amaldorlar uchun cheklovlar kiritadi va ko‘pi bilan ikki marta prezidentlik muddatini belgilaydi. Ammo tuzatish kuchga kirgandan keyin amaldagi davlat rahbari yana prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin. 

Endi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyaviy sudiga so‘rov yuborishi kerak. Sud yetti kun ichida tuzatishlar Konstitutsiyaning asosiy qoidalariga muvofiqligi yoki mos kelmasligi to‘g‘risida xulosa beradi. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudining ijobiy qarori qabul qilingan taqdirda, davlat rahbari umumrossiya ovoz berishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shu vaqt davomida ruslar ushbu tuzatishlarning kuchga kirishi to‘g‘risida yakuniy qarorni qabul qilishadi. 

Kutilganidek, ovoz berish 22 aprel kuni bo‘lib, u dam olish kuni deb e’lon qilinadi. Asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar, fuqarolarning yarmidan ko‘pi tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, ma’qullangan hisoblanadi.  Agar Rossiya umumxalq ovoz berishida qaror ijobiy bo‘lsa, Prezident ushbu o‘zgartirishlarni Konstitutsiya matniga kiritish to‘g‘risida qaror chiqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing