Yaqin kunlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va kuchli shamol esishi kuzatiladi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati karmazi ertaga, 11 aprel kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

12-14 aprelda O‘zbekistonda yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha, shiddat bilan esganda 23-28 m/s gacha yetishi kutilmoqda.

12-14 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xafvi bor. Ertaga, 11 aprel kuni viloyatlarda quyidagi ob-havo kuzatiladi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5, kunduzi 19-21 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘ hududlarida (1800 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing