Toshkentdagi maydonlardan biriga Gyote nomi berilishi mumkin

Jamiyat

image

“Mashhur nemis yozuvchisi, faylasufi va davlat arbobi Iogann Volfgang Gyote tavalludining 270 yilligiga Toshkentning Gyote instituti filiali joylashgan maydon (skver)ga uning nomini berish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Unga muvofiq, geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasining mashhur nemis yozuvchisi, faylasufi va davlat arbobi Iogann Volfgang Gyote tavalludining 270 yilligiga Toshkentning Gyote instituti filiali joylashgan maydon (skver)ga uning nomini berish haqidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.

Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (G‘.Rasulov), Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A.Rizashov), Ichki ishlar bosh boshqarmasi (R.Jo‘rayev), Yunusobod tuman hokimligi (R.Usmonov),  hokimlik tizimidagi boshqarma, tashkilot va muassasalar maydon (skver)ning yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli ishlarni amalga oshirish yuzasidan belgilangan tartibda zarur choralarni ko‘radi hamda hujjatlarga o‘zgartirishlarni kiritadi.

Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Gyote

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar