Xitoy O‘zbekistonga ilk bor multimodal xalqaro transport yo‘lagini ochdi

Olam

image

Xitoy Qozog‘istonni chetlab o‘tib, O‘zbekistonga yangi transport yo‘lagini ochdi. Bu haqda bugun, 6 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Konteynerli poyezd 5 iyun kuni Lanchjou shahridagi "Dunchuan" logistika markazidan (Gansu provinsiyasi) Toshkentga jo‘nadi. Uning yo‘li Qashg‘ardan Sinszyanga, so‘ngra Irkeshtom-O‘sh nazorat-o‘tkazish punktiga va keyin Toshkentgacha davom etadi. Qashg‘ar, Irkeshtom va O‘sh o‘rtasidagi qismini avtomobil yo‘li tashkil etadi. Yuklar yo‘nalishning qolgan qismida poyezdda ketadi.

Yo‘nalishning umumiy uzunligi 4380 km, tashish vaqti 7-10 kunni tashkil etadi. 2,6 million dollar qiymatidagi 230 tonna elektr jihozlari O‘zbekistonga olib kelinadi. Poyezd Toshkentdan qaytish reysi bilan taxminan 1 million AQSH dollari miqdoridagi 525 tonna o‘zbek paxta tolasini Lanchjouga olib ketadi.

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib boradigan yo‘l Xorgosga qaraganda 295 km qisqa. An’anaviy marshrut bilan solishtirganda 5 kungacha bo‘lgan vaqt tejaladi.

Ushbu yo‘nalish Xitoydan Yevropaga, Qozog‘iston va Rossiya orqali tranzitsiz xalqaro yo‘lakning birinchi qismiga aylanadi. Ushbu yo‘nalish Xitoyni Markaziy va G‘arbiy Osiyo bilan bog‘laydigan mutlaqo yangi yo‘lak sifatida baholanmoqda. Va bu birinchi multimodal xalqaro yo‘nalish bo‘lib, u yuklarni poyezddan avtoulovlarga va yana poyezdlarga ortib jo‘natishni o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing