Kartalardan pul yechuvchi firibgarlar fosh bo‘ldi

Olam

image

Nur-Sulton politsiyasi poytaxtlik shaxsning Xalq bankidagi hisobidan pullarni yechib olgan noma’lum  firibgarlar bo‘yicha tergov olib bormoqda, deya xabar bermoqda Nur.kz.

Poytaxt politsiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, fuqaro B.Ye. Yesil tumani ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Unga ko‘ra, firibgarlar pulni Ukraina onlayn-do‘koniga yuborib, keyin u yerdan pulni olib qo‘ygan. 

"Hozirgi vaqtda ushbu holat bo‘yicha Nur-Sulton shahar  Yesil tumani IIB politsiya bo‘limida Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi 2-qismiga binoan sud-tergov harakatlari olib borilmoqda. Ayni paytda ushbu jinoyatni fosh qilish bo‘yicha tergov va tezkor tadbirlar olib borilmoqda", dedi IIB matbuot xizmati.

Shuningdek, poytaxt politsiyasi mamlakat banklari bilan bog‘liq firibgarlik holatlari tobora ko‘payib borayotganini qo‘shimcha qildi.

O‘zini bank xodimlari deb tanishtirgan firibgarlar mijozlarga kartalardagi shubhali operatsiyalar to‘g‘risida xabar beradi va bank tizimidagi operatsiyalarni bekor qilish uchun ular IIN, to‘lov kartasi ma’lumotlari va mobil telefonlarga yuborilgan bir martalik SMS kodlarini olib qo‘yadi. Maxfiy ma’lumotlarni olgandan so‘ng, internet orqali kiber jinoyatchilar karta hisobvaraqlaridan pulni yechib oladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlar Qozog'istonda

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing