AQSH Suriya Prezidenti va uning rafiqasiga sanksiya joriy etdi

Olam

image

Vashington Suriyaga qarshi "Sezar qonuni"ga binoan yangi sanksiyalarni joriy etdi. Ushbu sanksiyalar Suriya Prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi Asmani ham chetlab o‘tmadi. Bu haqda bugun, 17 iyun kuni AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo ma’lum qildi.

"Biz Bashar Asad va uning rafiqasi Asmaga, shuningdek, Muhammad Xamshoga (Suriyadagi eng yirik tadbirkorlardan biri) qarshi sanksiyalar kiritamiz", deyiladi hujjat matnida.

Ta’kidlanganidek, AQSHning Suriyaga qarshi yangi "Suriyadagi fuqarolarni himoya qilish to‘g‘risida" deb nomlangan sanksiyalari insonparvarlik yordami bilan bog‘liq emas. Vashington buni ta’minlashda davom etadi, shu jumladan, Suriya hukumati nazorat qiladigan hududlarda ham.

"Sezar qonuni" va AQSHning Suriyaga nisbatan boshqa sanksiyalari Suriya xalqiga qilinadigan insonparvarlik yordamiga ta’sir qilmaydi. Shu bilan birga, bizning Suriyaning shimoli-sharqida barqarorlashuv faoliyatimizga to‘sqinlik qilmaydi. Biz gumanitar yordamimizni davom ettiramiz", deyiladi Pompeo bergan bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya

Baholaganlar

130

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing