Osiyo mamlakatlari shtab boshliqlari O‘zbekistonga kelyapti

Jamiyat

image

Ertaga, 21 fevral kuni Toshkentdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlarining navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tadi.

Anjuman mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi hamda kiber jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlanadi.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, AQSH Qurolli Kuchlari SENTKOM qo‘mondoni ishtirok etadi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbanov ham qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Anjuman doirasida delegatsiya rahbarlari alohida ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazishi, shuningdek, delegatsiya a’zolarining O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasidagi o‘quv jarayonini kuzatishlari, Hasti Imom majmuasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing