Slovakiya sobiq Iqtisodiyot vaziri 19 yilga qamaldi

Olam

image

Slovakiya Bosh vazirining sobiq o‘rinbosari va Iqtisodiyot vaziri Pavol Rusko firibgarlikda ayblandi. Unga nisbatan 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqida Slovakiya sud senati raisi Emil Kdemanich ma’lum qilmoqda.   

Bundan tashqari, sobiq amaldor 10 ming yevro miqdorida jarima to‘lashiga ham to‘g‘ri keladi.

Kdemanich ma’lumotlariga ko‘ra, Ruskodan tashqari,  bu ishda uning sherigi, biznesmen Marian Kochner ham javobgarlikka tortilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Pavol Rusko 2002-2003 yillar davomida mamlakat parlamenti spikerining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2003 yildan 2005 yilga qadar Bosh vazir o‘rinbosari va Iqtisodiyot vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Slovakiya

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing