Toshkentdagi “Jomiy” bozorida yirik yong‘in yuz berdi (video)

Jamiyat

Bugun, 22 iyul kuni Toshkent shahridagi "Jomiy" qurilish mollari bozorida yong‘in yuz berdi. Do‘kon yonayotgani tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, yong‘in soat 15:35 larda Olmazor tumani Forasaroy ko‘chasi 314 uyda joylashgan "Qurillish mollari" do‘konida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in natijasida qurilish mollari do‘konlarida jami 200 kv.m. maydon yongan. Yong‘in soat 16:14 da to‘liq bartaraf etilgan hamda do‘konlarning 2000 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv texnikalari jalb qilingan. Hozirda yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Qurbon va jabrlanuvchilar borligi haqida ma’lumot berilmagan.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Jomiy bozori

Baholaganlar

208

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing