Koronavirusni to‘liq zararsizlantiruvchi vosita ixtiro qilindi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2020
18477Amerikaning Pittsburg universiteti professorlari kemiruvchilarda o‘tkazilgan tajribada oqsil asosida yaratilgan VH-Fc Ab8 moddasining yuqori samaradorligini ko‘rsatib berdi. U jonivor organizmidagi virus ulushini o‘n barobar kamaytirgan.
Ab8 biologik molekula yordamida olingan va to‘qima bilan diffuziya bo‘la oladi. Bu esa SARS-CoV-2 virusini jiddiy salbiy ta’sirsiz yo‘q qilish imkonini beradi. Preparat sichqonlar organizmiga ingalyatsion usulda kiritilgan.
VH-Fc Ab8 inson tanasiga hujum qilayotgan koronavirusli S-oqsili bilan aloqaga kirishishi mumkin bo‘lgan milliard molekula bilan tahlil qilish natijasida yaratilgan.
“Aniqlangan vosita yuqori profilaktik va terapevtik samaradorlikni ko‘rsatdi”, deb xulosa qilgan tadqiqotchilar.
LiveBarchasi