Kontrakt va davlat granti asosida o‘quvchi talabalarga 2 xil stipendiya to‘lanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda davat oliy ta’lim muassasalarida talabalarga stipendiya to‘lash tartibi o‘zgardi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zgarishlarga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilandi.

Davlat granti asosida o‘quvchi talabalarga stipendiya tabaqalangan koyeffitsiyentlarni qo‘llagan holda talabalarning reytingiga bog‘liq ravishda tayinlanadi.

Ma’lumot uchun, oliy ta’lim muassasalarida 2001 yil 1 sentyabrdan boshlab talabalarning reytingiga bog‘liq holda tabaqalangan koyeffitsiyentlarni qo‘llash bilan stipendiyalarning bazaviy miqdorlarlari belgilangan: 

•    reyting bo‘yicha eng yuqori ballar (86-100 foiz) - 1,0;

•    reyting bo‘yicha yuqori ballar (71-85 foiz) - 0,75;

•    reyting bo‘yicha o‘rtacha ballar (55-70 foiz) - 0,5.

Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni 2019-2020 o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktlar miqdori belgilandi. Shuningdek, talabalarga kontraktni stipendiyali va stipendiyasiz to‘lash imkoniyati yaratildi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM to'lov-kontrakt stipendiya davlat granti

Baholaganlar

965

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing