Meksikada qurollangan guruh tomonidan 24 kishi o‘qqa tutildi
Olam
−
02 iyul 2020
3883Meksikaning Guanaxuato shahrida qurollangan jinoyatchilarning reabilitatsiya markaziga hujumi natijasida kamida 24 kishi halok bo‘ldi.
"Politico" ma’lumotlariga ko‘ra, o‘nlab o‘lim holati mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlangan. Yana yetti kishi jarohatlangan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, hujum qilganlar markazga mashinada kelgan, ular ichidan turib odamlarga qarata o‘t ochishni boshlagan.
Taxminlarga ko‘ra, jinoyatchilar mashinada yashirinishga muvaffaq bo‘lishgan. Ushbu xunrezlik sabablari o‘rganilmoqda.
LiveBarchasi