Xonadonda qamalib qolgan bolakay qutqarildi

Jamiyat

image

Kecha, 15 aprel kuni Toshkent shahrida xonadon ichida qamalib qolgan yosh bola qutqarildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar hokimligi Qutqaruv xizmati boshqarmasining tezkor navbatchilik qismiga Chilonzor tumanidan fuqaro Gulobova A. xonadon eshigi qulflanib, xonadon ichida yosh bola qamalib qolganligi to‘g‘risida xabar bergan. Qidiruv-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan va asbob-uskunalar yordamida xonadon eshigi ochib berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruv xizmati boshqarmasining tezkor navbatchilik qismiga, Toshkent shahar aholisi va mehmonlari tomonidan 2019 yilning 1 aprel kunidan 15 aprel kuniga qadar jami 2702 ta qo‘ng‘iroq kelib tushgan.

Shulardan 50 tasiga boshqarmaning Qidiruv-qutqaruv guruhlari tomonidan joyiga chiqqan holda zaruriy yordamlar ko‘rsatildi. Qolgan murojaatlar turiga qarab ma’sul boshqarma va xizmatlarga yetkazilib, ularning o‘z vaqtida ijro etilishi nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Chilonzor tumani

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing