“Olmazor Business City” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Biznes

“To‘g‘ri joy. To‘g‘ri loyiha. To‘g‘ri narx” ushbu shiorlarga asoslangan “Olmazor Business City” loyihasining taqdimoti kecha, 15 fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit ham ishtirok etdi.

“Olmazor Business City” Toshkent shahrining Kichik xalqa yo‘li va Yangi Olmazor ko‘chalari kesishmasida qad rostlashi mo‘ljallangan markazlardan biri hisoblanadi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi “Respublika hududlarida “Business City” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3895-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, jami 24 gektarli maydonni o‘z ichiga oladi.

“Olmazor Business City”da amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasining investori bo‘lib-Turkiyaning “Mesa”kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Ozun Tashkent Construction” xorijiy kompaniyasi hisoblanadi. Loyiha dizayni Turkiyaning “IKI DESIGN” me’morlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihaning akustika qismi “MEZZO Studio” kompaniyasi, landshaft dizayn qismini ishlab chiqishga “SPIGA” kompaniyalari jalb etilgan.

Loyihaning konsepsiyasiga ko‘ra, mazkur hududda 9 qavatdan 18 qavatgacha bo‘lgan, jami 2498 xonadondan iborat 34 ta turar-joy majmualari, 1545 o‘ringa mo‘ljallangan yer osti avtoturargohi, 20 ming kv.m hududda savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, xususiy maktab va bolalar bog‘chasi, 2000 kv.m maydonda sport-sog‘lomlashtirish markazi, zamonaviy ofis binolari va boshqa binolar qurilishi mo‘ljallangan. Qurilish 5 bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyihaning foydalanishga topshirish muddati etib 2021 yil belgilangan.

“Olmazor Business City” bunyod etiladigan turar-joy majmuasining afzalliklaridan biri, barcha xonadonlar to‘liq ta’mirlangan holda sotuvga chiqariladi. Shuningdek, loyihaga asosan 24 gektarli maydonning 12 gektar qismida qurilish ishlari amalga oshirilsa, qolgan 12 gektar maydon ko‘kalamzorlashtirilgan va obodonlashtirilgan yashil maydonga aylantiriladi, bu esa ushbu hududda istiqomat qiluvchi insonlar uchun dam olish maskanlari sifatida xizmat qiladi demakdir.

Loyihaning ajoyib xususiyatlaridan yana biri turar joy majmuasi o‘z boshqaruv kompaniyasiga ega bo‘lib, xonadon egalari va mehmonlarga keng turdagi servis xizmatlarini ko‘rsatadi.

Xalqimiz aholisiga qulayliklar yaratish maqsadida “Olmazor Business City” hududida turar joylarni sotish uchun “Bizning Uylar Development” savdo ofisi xizmat ko‘rsatadi. Ushbu sotuv ofisida “Olmazor Business City” loyihasining 3D maketi o‘rnatilgan bo‘lib, mijozlar maket yordamida kelajakka nazar solishlari, tashkil etilgan 2 va 5 xonalik shourum yordamida xaridorlar xonadon dizayni va intereriga baho berishlari mumkin. Shuningdek, savdo ofisiga tashrif buyurgan xaridorlar shu yerning o‘zida keng turdagi bank xizmatlaridan foydalanishlari uchun bank filiali tashkil etilgan.

“Olmazor Business City”da amalga oshirilayotgan ushbu investitsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va Turkiya Republikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an boshchiligida amalga oshirilayotgan hamkorlikning ilk mevalaridan biri hisoblanadi.

Batafsil ma’lumot: 

Tel.: +998712104444
Sayt: www.bizninguylar.uz
Telegram: @bizninguylar

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing