Bugun Istanbulning taqdiri hal bo‘ladi

Olam

image

Bugun, 23 iyun kuni Turkiyaning eng yirik shahri Istanbulning kelajak taqdiri hal bo‘ladi. Osiyo va Yevropani bog‘lovchi kentda shahar rahbarligi uchun qayta saylov o‘tkazilyapti.

Avval xabar berganimizdek, 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylov natijalari oradan 18 kun o‘tib Markaziy saylov kompaniyasi tomonidan bekor qilindi va unda g‘olib bo‘lgan "Respublika xalq" partiyasi "Adolat va taraqqiyot" partiyasiga nisbatan g‘irrom o‘yin qilganlikda ayblandi. MSK 23 iyunni qayta saylov o‘tkazish kuni sifatida belgiladi. Unda asosiy raqiblar sifatida "Respublika xalq" partiyasidan Ekrem Imomo‘g‘lu va "Adolat va taraqqiyot" partiyasidan Binali Yildirim maydonga chiqqan. 

Kecha, 22 iyun kuni istanbulliklarning saylovda kimga ovoz berishi bilan bog‘liq ijtimoiy so‘rov natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Binali Yildirim 52,11%, Ekrem Imomo‘g‘lu 46,99% ovoz to‘playdi. Saylovda ishtirok etayotgan boshqa partiyalarning ovoz to‘plash imkoniyati esa bor-yo‘g‘i 0,8% ni tashkil etgan. Albatta, bu hozircha taxmin. 

Istanbul 16 million fuqaroga ega bo‘lishiga qaramay, bugungi saylovda 10 million 570 ming kishi qatnashishi aytilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, saylovda "Adolat va taraqqiyot" partiyasidan Binali Yildirim, "Respublika xalq" partiyasidan Ekrem Imomo‘g‘lu, "Saodat" partiyasidan Nejdet Ko‘kchinor, "Vatan" partiyasidan Mustafo Ilker Yujel, "Ko‘plik" demokratik partiyasidan Do‘g‘an Tuman kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Ekrem Imomo'g'lu Binali Yildirm

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing