Toshkent viloyatida Telegram`da terrorchilikni targ‘ib qilgan shaxslar ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida Telegram messenjeri orqali Suriyada “jihod”ga chorlovchi video va audio materiallarni tarqatib, targ‘ib qilib kelayotgan fuqaro aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar qildi.

Toshkent tumanida yashovchi fuqaro A.O. Telegram messenjerida alohida guruh tashkil qilib, diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar tomonidan tayyorlangan “hijrat” va “jihod” qilish to‘g‘risidagi audio va video ma’ruzalarini tarqatib kelganligi aniqlangan. U Toshkent tumanida yashovchi 5 nafar tanishini Suriyaga borib xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilish hamda jangovar amaliyotlarda ishtirok etishga targ‘ib qilib kelgan.

Shundan so‘ng, ushbu besh kishining yashash manzillarida o‘tkazilgan tekshiruv harakatlari davomida jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Fuqaro A.O.dan daliliy ashyo sifatida olingan video va audio materiallar bo‘yicha o‘tkazilgan sud adabiyotshunoslik ekspertizasi xulosasida, ushbu ma’lumotlar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, saqlash va tarqatish ta’qiqlanganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro A.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

terrorchlik

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar