Milliy bank aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi

Biznes

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4045-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yilning 25 dekabrida o‘tkazilgan Ta’sischilarning umumiy yig‘ilishida DUK O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” Aksiyadorlik jamiyatiga qayta nomlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” Aksiyadorlik jamiyatining Ustavi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2019 yilning 30 dekabrida 22-1-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Bankning aksiyalari egalari (aksiyadorlari):

- O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi;
- O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi.

Aksiyadorlik jamiyatining manzili: 100084, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur shox ko‘chasi, 101-uy.
Batafsil ma’lumotni bankning saytidan olish mumkin: www.nbu.uz.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

milliy bank

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar