Bugun Superligada navbatdagi tur start oladi

Sport

image

Bugun, 10 may kuni O‘zbekiston Superligasining 8-turiga start beriladi.

Bu turning ilk bahsi Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da Jizzaxda boshlanadi. Mahalliy “Sug‘diyona” Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.

Bu bahsga yana musobaqa jadvalining oxirgi o‘rinlarida borayotgan ikki klubning to‘qnashuvi deb nom berish mumkin. Jizzax klubi ortda qolgan 7ta turda 6 ochko to‘plagan bo‘lsa, “burgutlar” hisobida 7 ochko bor.

“So‘g‘diyona” bu mavsumdagi ikkala g‘alabasini ham o‘z maydonida qo‘lga kiritdi. “Andijon” safardagi 5ta uchrashuvning hech birida g‘alaba qozona olgani yo‘q (3 durang, 2 mag‘lubiyat).

Turning ikkinchi bahsi soat 20:00 da Qarshi shahrida start oladi. Bu bahsda “Nasaf” – “Qizilqum” o‘zaro hisob-kitob qilishadi. E’tiborlisi, har ikkala klub o‘tgan turda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

“Qizilqum” o‘z uyida “Bunyodkor”ni mag‘lub etgandi, “Nasaf” esa Buxoroda g‘olib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga

Baholaganlar

10

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing