Andijondagi markaziy poliklinikada yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 27 mart kuni Andijon shahar markaziy poliklinkasida yong‘in ro‘y berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 5 qavatli ushbu binoning 4-qavatidagi bosh hamshira xonasida joylashgan sovitgich (xolodilnik) va kompyuterlarning elektr tarmog‘iga ulangan joyida qisqa tutashuv ro‘y berib, qisqa fursatli yong‘in yuz bergan. Shu zahotiyoq poliklinikadagi tibbiyot xodimlari va bemorlar zudlik bilan tashqariga ko‘chirilgan.

Tezkor harakatlar va poliklinika shifokorlarining faolligi sabab hech kim jarohat olmagan. Katta miqdordagi moddiy zarar ham yetkazilmagan.

“Shahar aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatuvchi mazkur tibbiyot muassasasi karantin munosabati bilan sanitariya talablari asosida ish faoliyati chegaralangan holda faoliyat olib borayotgan edi”, deya xabar berdi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.

Ayni paytda o‘rnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in markaziy poliklinika faoliyatiga ta’sir etmagan. Faoliyat bo‘yicha xizmatlar Andijon shahrining boshqa mavjud 8 ta oilaviy poliklinikalariga taqsimlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Markaziy poliklinika

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made