Toshkentda niqob va qo‘lqoplar tashlanadigan maxsus qutilar o‘rnatilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahrida muqobil sanitar tozalash xususiy korxonalari tomonidan yangi loyiha amalga oshirildi. Poytaxtda tibbiyot chiqindilari utilizatsiyasi uchun mo‘ljallangan maxsus qutilar o‘rnatilmoqda. Bu haqda Davlat eklolgiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Poytaxtning Mirobod tumanida faoliyat yuritayotgan muqobil sanitar tozalash xususiy korxonalari hasher week loyihasi bilan hamkorlikda yangi ishga qo‘l urdi. 14 ta chiqindi yig‘ish maydonchasiga ishlatilgan niqoblar, rezina qo‘lqoplar, turli xildagi tibbiy himoya vositalarini tashlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy chiqindi qutilari o‘rnatildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda hech qachon bu qadar ko‘p doka niqoblar, rezina qo‘lqoplar, himoya vositalari ishlatilmagan. Ta’kidlanishicha, ularni ishlatib bo‘lgandan keyin mashiiy chiqindilarga aralashtirish, aslo mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

10

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing